Fransiya prezidenti Fransua Ollandning aytişiça, IŞID Fransiyaga qarşi uruş oçgan. Bu haqda u bugun Normandiyada röy bergan voqeadan keyin aytib ötdi.
"IŞID Fransiyaga uruş e'lon qildi. Endi biz tegişli tartibda bu uruşda javob qaytarişimiz kerak. Barça vositalar bilan IŞIDga qarşi kuraşişimiz kerak", deya uning sözlarini keltiradi Le Figaro.
U Sent-Eten-dyu-Ruvrdagi voqeani "jirkanç terakt" deb baholagan.
Bugun Fransiya şimolidagi Normandiya şahrining Sent-Eten-dyu-Ruvre çerkovida ikki kişi odamlarni garovga olib, ruhoniy va rohibalarga piçoq bilan taşlandi. Ular 84 yoşli ruhoniyni böğizlaşgan. Politsiya bu şaxslarni otib öldirgan.
Garovdagi 4 kişi ozod etilgan. Prezident voqea joyiga taşrif buyurgan.
IŞID Amaq agentligi orqali bu terakt uçun javobgarlikni zimmasiga oldi.







