Nationalgeographic.kz jurnali Özbekiston va Qozoğiston çegarasidagi Orol dengizi “sohillari”da joylaşgan aholi punktlarining turmuş tarziga doir maqolasini çop etdi. 

Barçaga yaxşi ma'lumki, bir paytlar mavj urgan Orol dengizi sönggi ön yilliklarda bir neça marotaba qisqarib ketdi. U qurib bormoqda. U “ölmoqda”. Ayrim mahalliy aholi vakillari suvning çekinişi va dengizning açinarli holatini "oxirzamon" alomati ham deyişadi. Aslida, mintaqada hayot keçiriş haqiqatdan ham murakkab. 

Endilikda, qaçonlardir uşbu yerlarda dengiz bölganini, uning tabiatiga xos hayvonlar haqida Orol ölkaşunoslik muzeyidagi vositalar orqali xabar topiş mumkin. 

Köp yillar mobaynida Sirdaryo va Amudaryo suvlari dengizga quyilgan, uning suvlari esa faqatgina buğlaniş bilangina kamayişi mumkin edi. Şu bilan dengiz suvining me'yori, muvozanati saqlangan. 

Bugungi kunda, ahyon-ahyonda tuz kengliklarida paydo bölib qoladigan kema qoldiqlari, qaçonlardir bu yerlarda ulkan dengiz bölganiga jonsiz guvoh sifatida qaqqayib turibdi. 

Qaçonlardir bu mintaqa orqali Ipak yöli ham ötgan. Daryolar suvi bilan tölgan Orol dengizi Xitoy karvonlari ötuvçi qişloqlarga hayot baxş etgan. 

Avvallari, bu yerlarda nafaqat qozoq va özbeklar, balki tojiklar va boşqa millat vakillari ham tinç-totuv, osuda hayot keçirganlar. Ular çorvaçilik, savdo, baliqçilik va hunarmandçilik bilan şuğullanib kelişgan.