Joriy yilning 26 iyul kuni Sirdaryo viloyati Guliston şahrida joylaşgan Yoşlar markazining katta majlislar zalida “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyat Kengaşining navbatdagi VII Konferentsiyasi ötkazildi.

Konferentsiyaga harakatning Sirdaryo viloyat Kengaşi a'zolari, mahalliy Kengaşlar Konferentsiyalarida saylangan delegatlar, viloyatning faol va yutuqqa erişgan yoşlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taşrif buyurişdi.

Mehmonlarni viloyatimizning “Yevraazia” orkestr jamoasi jöşqin musiqa sadolari ostida qarşi oldi.

Tumanlardan taşrif buyurgan faol va iqtidorli yoşlar öz körgazmalari bilan iştirok etişmoqda. Şu jumladan, Elbek Qosimov ham Guliston tumanidan taşrif buyurib, özining yoğoç öymakorlik san'ati bilan mehmonlarni taniştirdi.

“Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Ustaviga asosan Harakatning tuman, şahar Kengaşlarining VII hisobot-saylov konferensiyalari joriy yilning iyun-iyul oylari davomida ötkazilib kelinmoqda. Uşbu konferensiya Sirdaryo viloyatida ham qizğin jarayonlar bilan davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati VII Konferentsiyasi uçun 4 nafar hay'at a'zolari tayinlandi. Mazkur konferensiyada 155 nafar delegatlar hamda faol yoşlar iştirok etişmoqda. Ular oçiq va erkin tarzda ovoz berişdi.

Konferentsiyada Kengaş raisi Laziz Ahmedov sözga çiqib, 2,5 yillik faoliyati yuzasidan öz hisobotini bayon etdi. Ular taqdim etgan videolavhada aks etgan viloyat Kengaşining ötgan davrdagi qizğin faoliyati hamda ilmga çanqoq yoşlarimizning şijoati va erişayotgan yutuqlari alohida ta'kidlab ötildi. Uşbu videolavha butun auditoriyaning diqqatini tortib, guldiroz qarsagiga sazovor böldi.

Konferentsiya davomida Sirdaryo viloyati hokimi Aşurmatov Oybek Şodmonquloviç sözga çiqib: “Sirdaryo yoşlari yildan-yilga faol, ilğor, har sohaning yetuk mutaxasissi bölib yetişmoqdaki, buning negizida “Kamolot”ning örni bölakça”, ekanligini aytib ötdilar.

Şuningdek, taklif söziga Guliston Davlat Universiteti talabasi, sportning Sinxron suziş böyiça Osiyo çempioni Sevara Qözibekova sözga çiqib, taklif sifatida “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati doirasida suv sporti böyiça musobaqa taşkil etiş” loyihasini kiritdi va sözi davomida mustaqil Vatanning munçoq farzandi ekanidan, özbek bayroğini, madhiyasini yuksaklarga kötarayotgan, faol yoşlar qatorida ekanidan faxrlanişini bayon etdi.