Hillari Klinton Demokratik partiyadan Amerika prezidentligiga nomzod sifatida rasman tasdiqlandi, şu munosabat bilan ötkazilgan partiya s'yezdida uning turmuş örtoği  - AQŞning sobiq prezidenti Bill Klinton nutq sözladi. 8 yil davomida Qöşma Ştatlarni boşqargan Klinton bu işning mas'uliyatini yaxşi biladi, lekin bu safar u taşkilotçilar tomonidan “birinçi raqamli xonimlar” uçun ajratiladigan bölimda iştirok etdi. Demokratlar yetakçisining turmuş örtoği – yangi tarix davomida - ham davlat rahbari, ham “birinçi raqamli jyentlmen” bölişga muvaffaq böladigan ikkinçi şaxs hisoblanadi. 

The Washington Post ma'lumotlariga köra, Bill Klinton prezident lavozimini tark etganidan söng jamoat joylaridagi iştiroki va ma'ruzalari bilan, şuningdek  kitoblar naşridan 100 million dollardan ortiq pul işlab oldi. Uning bir martalik iştirok uçun gonorari 300 ming dollargaça yetişi mumkin. Hillari Klinton Amerikadagi saylovlarda ğalaba qozongan taqdirda, uning turmuş örtoğiga talab yanada ortadi. Siyosiy maydondagi boşqa ayol rahbarlarning erlari esa odatda nisbatan kamtarona hayot keçirişadi. Bugun biz “birinçi jyentlmenlar”ning qanday yaşaşi va ularning nima bilan şuğullanişiga oid ma'lumotlarni sizning diqqatingizga havola etamiz. 

 

Opera fantomi

Nemis kvant kimyogari, professor Yoaxim Zauer – juda band kişi. U hattoki rasman “birinçi raqamli er” bölgan kuni ham turmuş örtoği Angela Merkel qasamyod keltirayotgan bundestagda emas, özining Gumboldt nomli Berlin universitetidagi iş xonasida ötkazgan. 

“Ikkimiz ham öz işimiz bilan bandmiz. Men uy bekasi emasman, u ham uyda ötirmaydi”, - deydi Merkel “Bunte” jurnaliga bergan intervyusida. Zauer jamoat joylarni çetlab ötadi: bu juftlikni birinçi marta Bayroytdagi Vagner festivalida birga körişgan, şu bois kanslerning tutqiç bermas eriga “opera fantomi” degan nom berilgan. Professor juda kamdan-kam intervyu beradi, ayniqsa jurnalistlarning savollari uning kasbiga oid bölmasa. 

Yoaxim Zauer salmoqli akademik karera qurgan: u  Gumboldt universitetining kimyo fakultetini tugatgan, 25 yoşida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va 11 yildan söng professor bölgan. Uning tadqiqotlari fanning ba'zi katalizatorlar faoliyati va tuzilişiga oid tasavvurlarini yaxşilaş imkonini berdi va buning natijasida kimyogarni dunyo tan oldi.