AQŞning RC-135V harbiy samolyoti yana Rossiyaning Kaliningrad şahriga maksimal darajada yaqinlaşdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Manbada aytilişiça, razvetka samolyoti bölgan 64-14844 bort raqamli RC-135V Boltiq dengizi tomonidan Rossiya çegarasiga 10 ming metrgaça yaqinlaşgan. Britaniyaning Mildenxoll aviabazasidan «sayrga çiqqan» samolyot Şimoliy dengiz, Daniya va Boltiq dengizining janubiy qismi böylab parvoz qilgan.

Parvozning nima maqsadda amalga oşirilgani aniq emas. Katta ehtimol bilan bu AQŞ Rossiyaning «qitiğini keltiriş» uçun qilgan navbatdagi «yuriş»...