Falastinliklar yetakçisi Mahmud Abbos Buyuk Britaniyani Isroilni taşkil qilgani uçun sudga bermoqçi. Bu haqda The Independent xabar tarqatdi.

Falastin TIV rahbari Riyoz al-Malikiyning Mavritaniya poytaxti Nuakşot şahrida ötgan Arab davlatlari ligasi sammitida ma'lum qilişiça, Abbos London ustidan xalqaro sudga murojaat qiladi. Falastinliklar yetakçisi Buyuk Britaniyani 1917 yilgi Balfur deklaratsiyasi orqali «Isroil jinoyatini qöllab-quvvatlaş»da ayblaydi.

Abbosning fikriça, britaniyaliklar hukumati «falastinliklar yeriga yahudiylarning ommaviy ravişda köçirib keltirilişi»ga mas'ul.

Al-Malikiy ADL a'zolarini bu örinda Abbosni qöllab-quvvatlaşga çaqirgan.

Isroil hukumati Falastinning bu bayonotiga javob qaytardi.

Boş vazir Binyamin Netanyahu «Abbosning bu ğoyasi arab-isroil ziddiyatini alangalatişdan boşqa iş emasligi» haqida gapirgan.

Balfur deklaratsiyasi — 1917 yilning 2 noyabrida Buyuk Britaniya TIV rahbari Artur Balfurning lord Uolter Rotşildga yöllagan rasmiy maktubidir. Unda Falastin hududida yahudiylar uçun yer ajratiş maqsadi keltirilgan. Bir neça oylardan keyin bu deklaratsiyani Fransiya, Italiya va AQŞ qöllab-quvvatlaydi, 1920 yilning 24 aprelida deklaratsiya tasdiqlanadi.