Norvegiyada Şimoliy dengizdagi neft platformalari böylab dunyodagi birinçi kruiz sayohati taşkillaştirildi. 4 kunlik kruizda 120 sayyoh iştirok etdi. Deyarli barça sayyohlarni norvegiyaliklar taşkil qilgan, şuningdek Germaniya va Şvetsiyadan ham sayyohlar bölgan. 

Kruizning narxi 6 mingdan 30 minggaça norveg kronini (700-3500 dollar) taşkil qildi. Sayyohlar Norvegiyaning yirik şelf konlari platformalarini tomoşa qildilar. Norvegiya şunday turlar evaziga neft narxining pasayişidan körilayotgan zararlarni qisman qoplamoqçi.