Bir paytlar Ortiq Sultonov hamda Zokir Oçildiyev iştirokidagi “Handalak” köplab xanda iştiyoqmandlarining sevimli dasturiga aylangan edi. Bugungi kunda esa “Handalak”ning sobiq ijodkorlari  alohida izlanib, har ikki san'atkor ham ijod borasida öziga yaraşa yutuqlarga erişib kelmoqda. Jumladan, qiziqçi Ortiq Sultonov komediya janridagi teleserialga qöl urdi. Quyida serial tafsilotlari hamda “Handalak”ning efirga uzatilmay qöyganligi sabablari haqida...

“Handalak” teledasturi boş qahramonlaridan biri Ortiq Sultonovning  rejissyor Bahodir Yöldoşev bilan hamkorlikda suratga olgan yangi,  komediya janridagi seriali “Bobomning xazinasi” deya nomlanib, uşbu hajviy serial ikki fasldan iborat. Serialning ğoya muallifi Ortiq Sultonov. Unda boş rollarda Ortiq Sultonov hamda qiziqçi Valijon Şamşiyev namoyon bölib, Valijon Şamşiyev Ortiq Sultonovning qöşnisi rolini ijro etadi.   Muallif Ismoil Şomurodovning “Bobomning xazinasi” asari ötgan yilning kuz oylarida suratga olinganligi bois, joriy yilning kuz mavsumida tomoşabinlar e'tiboriga havola etiş möljallangan. 

Boş qahramon Ortiq Sultonov serial mazmuni va suratga oliş jarayonlari haqida qisqaça töxtalib ötdi: 
- Hayotiy voqealarga asoslanib yozilgan “Bobomning xazinasi” asari yozuvçi Ismoil Şomurodov qalamiga mansub bölib, 10 yil davom etgan ijodiy hamkorligimiz asosida bunyodga keldi. Ungaça 10 yil içida yozuvçi meni taklifimga binoan köplab asarlarni yozdi. Ammo öqiladigan asar bilan teleekran orqali namoyiş etiladigan asarning bir oz farqi bölganligi bois, “Bobomning xazinasi” asari yaratilişi ham bir oz vaqt talab etdi. Suratga oliş jarayonlari qizğin keçdi. Serialning birinçi faslida men va Valijon Şamşiyev ilk marotaba partnyor bölib rol ijro etdik. Rol taqsimotida yurtimizning közga köringan aktyorlari ham rol ijro etişi közda tutilgan edi. Afsuski, ayrim aktyorlarning maşhur bölib olgaç,  özidan “buyuk aktyor yasab olgan”ligi bois men bu taklifga qarşi çiqdim. Çunki bunday aktyorlar öziga yuqori bino qöyganligi tufayli, öziga yaraşa hurmat talab etadi, rol tanlaydi. San'at esa buni kötarmaydi! Oqibatda köplab yaratilayotgan asarlarimizda kamçiliklar közga taşlanib qoladi. Şu bois serialga hali maşhur bölişga ulgurmagan, jumladan, viloyatlarda yaşab ijod qilayotgan iste'dodli aktyorlarni jalb etdik. Maqsadimiz ana şu qiyofalarni kaşf etiş, elga tanitiş, ularning oçilmagan qirralarini kaşf etib, xalqqa madaniy hordiq, estetik zavq beradigan, yuziga bir çimdim kulgu ulaşib, kayfiyatini kötaradigan asarni taqdim etiş...