Twitter kompaniyasi Vine videoxizmatidagi kamçilik uçun hindistonlik tadqiqotçiga 10 ming dollar mukofot puli töladi. Bu haqda Mashable portali xabar bermoqda.
Avinaş Singx ismli xaker Twitter’ga Vine xavfsizligidagi kamçilik haqida mart oyidayoq xabar bergan. Xususan, u videoxizmatning dastlabki kodlari va API-kalitlarga ega böla olgan. Bu ma'lumotlar xakerga xizmatning tölaqonli nusxasini yaratişga imkon berdi. Bu nusxadan esa jinoyatçilar fişing uçun foydalanişlari mumkin edi.
Kompaniya kamçiliklarni bartaraf etgaç, Singxga HackerOne startapi orqali mukofot pulini tölagan.
Bundan taşqari, hind Censys.io tizimi yordamida Twitter’da 15 ta xato topganini ma'lum qilgan. U mediafayllarni himoyalanmagan uzatiş va Android-dasturlarda login va parollarni saqlaşga taalluqli bölgan kamçiliklarni topa olgan. Kompaniya bu kamçiliklar uçun ham Singxni "quruq qöymagan".







