Facebook ijtimoiy tarmoğining 2016 yil ikkinçi çorakdagi daromadi ötgan yilning şu davriga taqqoslaganda 59 foizga ösib, 6,43 mlrd dollarni taşkil etdi, deyiladi kompaniya hisobotida. 

Kompaniyaning daromadi har bir aksiya hisobidan 97 sentni taşkil etgan, ötgan yili bu raqam 50 sentdan iborat bölgan edi. The Wall Street Journal naşrining yozişiça, tahlilçilar har bir aksiya uçun 82 sentlik daromadni taxmin qilişgan. Şunday qilib, kompaniyaning 2016 yil ikkinçi çorakdagi sof daromadi 2,06 mlrd dollarga yetgan.

Ijtiomiy tarmoqning ikkinçi çorakda reklamadan körgan foydasi 63 foizga ösib, 6,24 mlrd dollarni taşkil etgan. Bunda, uning 83 foizi mobil reklamadan tuşgan. Umuman, Facebook kompaniyasining 2016 yilgi daromadi 25 mlrd dollarni taşkil etişi mumkinligi aytilmoqda. 

Uşbu hisobotdan söng, kompaniya aksiyaari narxi 6 foizdan köproqqa ösgan.