Z avgust kuni AQŞ poytaxti Vaşington şahrida Markaziy Osiyo mamlakatlarining Taşqi işlar vazirlari iştirokida «S5+1» formatidagi yiğiliş ötkaziladi. Bu haqda AQŞ davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari böyiça örinbosari Deniyel Rozenblyum konferents-koll vaqtida ma'lum qildi.
4-6 aprel kunlari Markaziy Osiyo davlatlari vakillari va AQŞ vakili Investitsiyalar va savdo kengaşi doirasida (TIFA) uçraşgan, şuningdek, «S5+1» formati bilan boğliq iqtisodiy hamda hududiy masalalar böyiça işçi guruh yiğilişi ötkazilgandi.
Işçi guruh aniq loyihalar böyiça hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgandi va AQŞda yoz fasli davomida keyingi uçraşuv ötkazilişi belgilangandi.
2015 yilning 1 noyabr kuni Samarqand şahridagi Forumlar majmuasida Markaziy Osiyoning beş mamlakati va Amerika Qöşma Ştatlari taşqi siyosat mahkamalari rahbarlarining uçraşuvi bölib ötgandi.
Majlisda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda özaro hamkorlik istiqbollari töğrisida fikr almaşilib, xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar muhokama etilgandi.
Uçraşuv yakunida Markaziy Osiyoning beş mamlakati va AQŞ örtasida Şeriklik va hamkorlik töğrisida qöşma deklaratsiya qabul qilingandi. Tadbir iştirokçilari olti davlat taşqi siyosat mahkamalari örtasida umum manfaatdor masalalar yuzasidan muntazam siyosiy muloqot ötkaziş böyiça özaro hamkorlikning yangi formati – «S5+1»ni taşkil etişni ma'qullagandi.







