Avstraliyaning Fastbrick Robotics kompaniyasi namunali kottejni ikki kun içida qura oladigan robot yaratdi. Adrian ismli robot ğiştlarni quruvçilardan tezroq tera oladi, uning işiga tölanadigan haq esa 10 foizga kamroqni taşkil qiladi, deb yozmoqda International Business Times.

Robotni 122 yilda Yevropada Adrian devori – 100 km dan uzoqroq uzunlikka ega mudofaa istehkomini qurgan rim imperatori Andrian şarafiga nomlandi. Maşina soatiga 225 ta ğişt tera oladi. Örtamiyona quruvçi bunday miqdordagi ğiştni terişi uçun yarim kun talab etiladi.

Robotni yaratgan Fastbrick Robotics rahbari Mayk Pivak va uning amakivoççasi Mark yanada mukammolroq qurilma – bir soatda mingta ğişt tera oladigan robotni yaratiş ustida işlaşmoqda. Ular robotlarni AQŞda sotişmoqçi.