Suv yuzasida suzadigan velosiped, skuterli jomadon, musiqa çaluvçi taroq — bularning bari xitoylik ixtiroçilar işlab çiqqan buyumlar bölib, bu kabi ğaroyib işlanmalar xitoyliklarning kundalik turmuş tarziga aylanib ulgurgan. Uşbu yorqin, innovatsion va bir qaraşda ğalati köringan ixtirolar  — qiziquvçan “muhandis”lar tomonidan yaratilgan va boşqalarning ham e'tiborini qozonib ulgurgan. 

Jomadonli skuter. Ixtiroçi On Lyan öziyurar jomadonni takomillaştirişga 10 yil vaqtini ketkazib, uni soatiga 20 kilometrgaça masofani bosib ötadigan holatga keltirdi. Skuter bir marta quvvat olgaç 50 kmgaça masofani bosib öta oladi. 

Uyda işlab çiqarilgan odamsimon robot. Mustaqil ixtiroçi Tao Xiangli masofadan boşqariluvçi gumanoid-robotni metallolom bölaklari va eski kompyuterlarning simlari va ehtiyot qismlaridan işlab çiqdi. Xiangli robotni eşikdan olib çiqiş uçun juda kattaligini tuşungaç, özi bilan olib qolişga qaror qildi.

Traktor-mototsikl. Muhandis uşbu vahimali qurilmani yasaş uçun 1300 dollar mablağ sarflab, eski traktor va avtomobillar çiqindixonasidan keltirilgan ehtiyot qismlardan foydalangan. 

Qölbola suvosti kemasi. Xitoylik fermer kemani yasaş uçun 5 oylik umrini ketkazdi. U, yaqinda Xubey viloyatida muvaffaqiyatli sinovdan ötdi.

Motorlaştirilgan supurgi. Uşbu birmunça takomillaştirilgan traktorga 12ta supurgi örnatilgan bölib, Xeyluntszyan viloyati köçalarini toza saqlaşda yordam beradi.

Suvda suzuvçi velosiped. Plastik quvur yordamida suv yuzasida tura oladigan va ulanuvçi vint kömagida harakatlanadigan suzuvçi velosipedni ixtiroçi Lyu Vanong işlab çiqdi.