Hindistonning Kerala ştatida dunyodagi "eng keksa" fil uçun bayram uyuştirildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanişiça, Dakşayani laqabli urğoçi fil 86 yoşda. Şu munosabat bilan Trivandram şahri köçalarida filni olomon qarşiladi. Dakşayani bayramona bezaldi va "Momo fil" degan nom oldi.
Şuningdek, filni Ginness rekordlar kitobiga tutqunlikdagi eng keksa fil sifatida kiritilişi böyiça ariza ham berildi, biroq unga rad javobi olindi.
Ayni vaqtda Tayvanda 2003 yilda 86 yoşida vafot etgan Osiyo fili eng yoşi uluğ fil hisoblanadi.







