Vaqt - noyob va bebaho boylik. Undan töğri foydalaniş mahoratining darajasi omadga töğri proporsionaldir. Sizning şaxsiy va kasbiy samaradorligingiz kuningizni qanday rejalaştirganingizga boğliq. Şu bois hafta davomida e'tiboringizga vaqtni töğri boşqarişning asosiy usullarini birma-bir havola qilib boramiz.
Benjamin Franklin usuli

Benjamin Franklin oddiy sovun yasovçining öğli bölgan, lekin özining harakatlari bilan köp sohalar – siyosat, diplomatiya, fan, publitsistikada katta muvaffaqiyat qozongan. U Amerika Qöşma Ştatlarining asosçilaridan biri hisoblanadi – Mustaqillik deklaratsiyasi va mamlakat konstitutsiyasini yaratişda qatnaşgan.
Franklin heç qaçon AQŞ prezidenti bölmagan bölsa-da, uning portreti 100 dollarlik pullarda aks ettirilgan. Şuningdek u “Vaqt - pul”, “Bugungi işni ertaga qöyma” kabi taniqli maqollarning muallifi hamdir.
Franklin uçun vaqt haqiqatda juda katta ahamiyatga ega bölgan.
Hayotni sevasanmi? Unda vaqtni qöldan boy berma, zero hayotning asosi vaqtdan iboratdir.
Benjamin Franklin
Franklin 20 yoşida özi uçun vaqtni taşkillaştiruvçi tizimni işlab çiqib, butun hayoti davomida unga amal qilgan. Zamondoşlari bu tizimni “Franklin piramidasi” (ba'zan “samaradorlik piramidasi”) deb ataşgan.

Piramida asosida hayotiy qadriyatlar yotadi. Bu har qanday masalaning yeçimini topişda ma'naviy yönalişda harakat qiliş, demakdir. Franklin ularni fazilatlar deb atadi.
U özi uçun 13 fazilatni belgilab oldi: sabrli böliş, sukut saqlaş, tartibni seviş, qat'iylik, tejamkorlik, mehnatkaşlik, samimiylik, haqqoniylik, me'yor, ozodalik, xotirjamlik, vijdonli böliş va kamtarlik.
Har kuni öz ustida işlaş maqsadida Franklin maxsus yon daftarça yuritdi, unda har bir hayotiy tamoyiliga bir sahifadan ajratdi. Har bir sahifani yetti ustunga (hafta kunlariga) bölib çiqdi. Keyin esa fazilatlar uçun 13 gorizontal çiziq ötkazdi.
Şu tariqa u har kuni biror bir fazilatga urğu berardi, keçqurunlari esa “ma'naviy yetuklik” sari yöl qöygan kamçiliklarini belgilardi.







