Mars qandolatçilik kompaniyasi egalaridan biri Forrest Edvard Mars 26 iyulda Sietlda 84 yoşida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Kiçik Forrest Edvard Mars kompaniya asosçisi Frenk Marsning evarasi bölgan. Marhum 30 yil davomida özining singlisi va ukasi – Jaklin va Jon Marslar bilan komptaniyani boşqargan.
Kiçik Mars 1931 yilda tuğilgan. U özining mehnat faoliyatini 1955 yilda Price Waterhouse kompaniyasi auditori va hisobçisi sifatida boşlagan. Keyinroq u Mars’ga işga ötib, moliya ma'muri lavozimida işlagan. Bundan keyin esa Niderlandiyadagi fabrikani boşqargan.
1991 yilda Kiçik Mars rahbarligida kompaniya mahsulotlari Rossiya, Polşa va Çexiyaga yetkazila boşlangan.
1999 yilda Mars pensiyaga çiqqan, biroq 2006 yilgaça kompaniya direktorlar kengaşi a'zosi bölib qolgan.
Bloomberg agentligi Kiçik Marsning davlatini 31,5 mlrd dollarga baholagan. U Bloomberg Billionaires Index talqini böyiça eng badavlat odamlar röyxatida 21-örinni egallagan. Mars oilasi Forbes jurnali talqini böyiça AQŞning eng boy oilalari orasida 3-örinni egallamoqda. Jurnal Forrest, Jaklin va Jon Marsning boyligini 78 mlrd dollarga baholagan.
Kompaniyaga Milky Way, M&M's, Snickers, Dove, Orbit, Pedigree, Royal Canin, Whiskas savdo belgilari tegişli.







