Turkiya oliy harbiy kengaşi 99 nafar polkovnikning lavozimini general va admiral darajasiga oşiriş böyiça qaror qabul qildi. Bu haqda harbiylar orasidagi manbasiga asoslangan holda Anadolu agentligi xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lumotiga köra, 47 nafar general iste'foga yuborilgan. Şuningdek, 20 general va admiralning xizmat muddati yana 1 yilga uzaytirilgan.
Bundan oldinroq, Turkiya oliy harbiy kengaşining majlisi yakuniga köra Turkiya Qurolli kuçlari boş ştabi rahbari Xulusi Akar, şuningdek, quruqlik qöşinlari, HHK va HDK boşliqlari öz lavozimlarini saqlab qolgani xabar qilingandi. Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalinning ma'lumotiga köra, jandarmeriya kuçlarining yangi qömondoni etib general Yaşar Guler tayinlangan.
Turkiya oliy harbiy kengaşi majlisi mamlakat boş vaziri Binoli Yildirim raisligida Anqara şahrida ötkazilgan. Uning qarori mamlakat prezidenti tomonidan tasdiqlangan.
Hukumat qaroriga köra, Turkiyadagi isyondan keyin şu vaqtgaça mamlakat armiyasining 1684 nafar zobiti lavozimidan böşatilgan. Şundan 149 nafari general va admiral, 1099 nafari örta böğin zobitlaridir.







