AQŞning Pensilvaniya ştati Filadelfiya şahrida mamlakatning yirik siyosiy voqeliklaridan biri - Demokratik partiyaning 4 kunlik umummilliy s'yezdi poyoniga yetdi. Garçi, uning yakuniy qarori avvalboşdanoq ma'lum bölganiga qaramay, anjumanni tarixiy deyişga asos bor. Keling, bu haqda quyida fikr yuritamiz.
S'yezd özgaça, kötarinki ruhda ötkazildi. Demokratlar özlarining asosiy siyosiy raqiblarini ortda qoldirib, jiddiy partiyaning haqiqiy s'yezdi qanaqa bölişini körsatib qöymoqçi bölişdi va kuzatuvçilarning fikriça, ular buning uddasidan çiqişgan. Demokratlar, respublikaçilarning bir hafta avval bölib ötgan boş forumini sirk va masxarabozlik deb ataşdi. Bunga, Melani Trampning öz nutqida haddan ortiq köçirmaçilikka yöl qöygani, ozmi-köpmi sabab böldi.
Biroq, 22 iyul kuni maxfiy sirlarni oşkor qiluvçi WikiLeaks portali Demokratik partiyasi Markazqömining içki foydalanişdagi serverlaridan öğirlangan 19 mingdan ortiq elektron maktublarni e'lon qildi. Undan, partiya rahbariyati saylovoldi praymerizida Klintonni qöllab-quvvatlagani ma'lum bölgandi.

Bu mojarodan söng, 24 iyul kuni DPM raisi va kongressmen Debbi Vasserman-Şults s'yezd yakunlangaç, iste'foga çiqişini bildirdi. Biroq, kelgusi kundayoq, uni öz ştatidan kelgan delegatlar huştakbozlik bilan qarşilaşgaç, partiya s'yezdini oçiş rejasidan voz keçişga majbur böldi.
Partiya milliy qömitasi, senator Berni Sandersga «elektron poçta orqali bildirilgan keçirib bölmas eslatmalar uçun» öz uzrini bildirdi.
S'yezd arafasida bölgan bu mojaro sabab, Berni Sanders tarafdorlari norozilik bildirişganiga qaramay, Hillarining nomzodini AQŞ prezidentligi uçun ilgari suriş borasidagi ovoz beriş jarayoni silliqqina ötdi. Va bunda, aynan Vermont senatori sönggi sözni aytdi. Nomzodni tasdiqlaş uçun 2383 ovoz kifoya qilgani holda, Klinton s'yezd delegatlarining 2821 ovozini töplagan vaqtda, Sanders sözga çiqib, Hillari nomzodini oddiy yöl bilan tasdiqlaşni taklif etdi. Töplanganlar bu taklifga olqişlar bilan javob qaytarişdi.
Hillari saylovoldi kampaniyasining öziga xos yaşirin qurollaridan biri şu böldiki, uning ştabi Hillari nomzodini ilgari suriş Qöşma Ştatlar uçun tarixiy ahamiyatga ega voqealigini imkon böldi degunça, saylovçilar yodiga solaverdi. Birinçidan, Klinton xonim praymerizda ğalaba qozongan ilk ayol nomzod böldi. Ikkinçidan u, Amerika yetakçiligi uçun yirik partiyadan ilgari surilgan birinçi ayol nomzod böldi. Şu bilan u, AQŞning birinçi ayol prezidenti böliş imkoniga ega bölib turibdi.
















