Sayyoramizdagi eng iflos şahar qaysi ekanligini bilasizmi? Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining tadqiqot ma'lumotlariga köra, dunyodagi eng iflos şahar Dehli (Hindiston) hisoblanadi. National Geographic naşri mazkur şahardan fotoreportaj taqdim etdi. 

Bu hududda nafaqat havo, balki daryolar va hovuzlaridagi suvlar ham ifloslangan. Dehlida avtomobillar juda köp, hudud tez urbanizatsiyalaşadi, çiqindilar esa köpinça yoqib yuboriladi - bularning barçasi şunga olib keldiki, mintaqadagi havoning ifloslaniş darajasi Pekindagidan yuqorilab ketdi. Daryolarga muntazam ravişda çiqindilar kelib tuşadi.

Dehlida sut fermalari, zavodlar, aholi punktlari katta-katta axlatxonalar yaqinida joylaşgan. 

Daryo suvining iflosligiga qaramay, odamlar ularda yuvinişadi, çömilişadi va suv içişadi - bu bilan gunohlardan foriğ bölişadi, deb öylaşadi. Yamuna daryosi şahar aholisining ma'naviy hayotida katta ahamiyat kasb etadi. 

Şaharda yaşovçilarning köpi axlatxonalardagi çiqindilarni titib, u yerda topilgan metall, plastik va boşqa narsalarni qayta işlaşga topşirişadi va şu orqali kun keçirişadi. 

Manba: