Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Unda Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik işlari böyiça viloyat va unga tenglaştirilgan sudlar raislari, Oliy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengaşi a'zolari, Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunçilik palatasi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar mas'ul xodimlari, huquqşunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Majlisda “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta'minoti uçun aliment undirişga oid işlar böyiça qonunçilikni qöllaş amaliyoti töğrisida” va “Arizani qabul qilişni rad etiş, arizani körmasdan qoldiriş va iş yuritişdan tugatiş bilan boğliq protsessual normalarni qöllaş masalalari töğrisida”gi Oliy sud plenumi qarorlari muhokama etildi.
Plenum qarorida aliment tölaş bilan boğliq bölgan nizolarni öz vaqtida va töğri hal qiliş bolalar manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri hisoblanişini nazarda tutib, sudlarga bu qonun hujjatlariga qat'iy rioya etiş zarurligi körsatib ötildi.
Oliy sud Plenumi yiğilişida iştirokçilar tomonidan “Arizani qabul qilişni rad etiş, arizani körmasdan qoldiriş va iş yuritişdan tugatiş bilan boğliq protsessual normalarni qöllaş masalalari töğrisida”gi qaror loyihasi ham muhokama etildi.
Oliy sud Plenumi yiğilişida “Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qaror loyihasi ham muhokama etildi.
Yiğilişda muhokama qilingan Plenum qarori loyihalari amaldagi qonun normalarini bir xilda va töğri qöllaş, yagona sud amaliyotini şakllantiriş, bir söz bilan aytganda, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş, odil sudlov samaradorligini yanada oşirişga qaratilgani bilan e'tiborlidir.
Majlisda Özbekiston Respublikasi Boş prokurori I.Abdullayev iştirok etdi.






