29 iyul - Xalqaro Yölbarslar kuni.
Mazkur sanani nişonlaş borasidagi qaror 2010 yilda bölib ötgan Yer yuzida yölbarslarni saqlaşga qaratilgan xalqaro anjumanda qabul qilingan edi. Bundan közlangan asosiy maqsad jamoatçilik e'tiborini yölbarslarning yöqolib ketişi va ularni himoya qiliş bilan boğliq muammolarga qaratişdan iborat. Yölbarslar xalqaro muhofazaga olingan bölib, “Qizil kitob”ga kiritilgan. 1947 yildan beri yölbarslarni ovlaş butunlay taqiqlangan.
Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida bosilgan maqolada qayd qilinişiça, Himolay toğlarida hayot keçiruvçi yölbarslar tunggi hayvonlarga aylanib bormoqda ekan. Tadqiqotçilarning fikriça, Bengal yölbarslari kunduz kunlari ovçi va mahalliy aholi bilan töqnaş kelmaslik maqsadida tunda harakat qilişni afzal körişmoqda. Tahlilçilarning sözlariga qaraganda, yölbarslar, asosan, yovvoyi hayvonlarni ov qilib, ularning göşti bilan oziqlanadi. Ayrim hollarda yölbarslarning odamlarga hujum qilişi bilan boğliq hodisalar ham uçrab turadi. Tahlilçilar sönggi yillarda insoniyat tomonidan örmon va yerlar özlaştirilayotgani bois yölbarslar istiqomat qiladigan hududlar qisqarib borayotganini ta'kidlaşadi. Olimlarning çiqargan xulosalariga qaraganda, yaşab qoliş maqsadida insonlar va yölbarslar uçun bir xil şart-şaroit kerak ekan. Odamlar ham, yölbarslar ham tabiiy resurslar uçun özaro kuraş olib bormoqda.
Miçigan ştatidagi Ist-Lansing universitetining Tszyango Lyu rahbarligidagi bir guruh zoologlari Nepal hududidagi Çitvan milliy parkida yölbarslarning hayot tarzini örgandilar. Bu parkda 120 ga yaqin yölbars borligi aniqlandi.
Miçigan universiteti olimlari insonlar yölbarslarning yaşab qolişiga halaqit berişi bilan boğliq muammolarni örganişga qaror qildilar. Buning uçun Çitvan milliy parki hududlariga yuzlab videokameralar örnatildi. Avtomatik moslama yölbarslarni har tomondan suratga olgani bois yirtqiç hayvonlarning hayotini çuqur örganişga imkon yaratdi. Olimlarning sözlariga qaraganda, insonlarning barmoq izlari bir-biriga mutlaqo öxşamagani bois yölbarslarni ham terisining bir biriga öxşamagan yölçalari orqali aniqlaş mumkin ekan. Olimlar 2 yil davomida yölbarslarning hayot tarzini örganib, ular odamlar yöq paytlardagina Çitvan milliy boği hududlarida paydo bölişini aniqladilar. Bu esa yölbarslarni tunggi hayvonlarga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Videokuzatuvlar yölbarslarning kunduzgi faoliyatini deyarli aniqlamadi. Şu sababli ham olimlar “Örmon qirollari” Çitvan milliy parkida özlarini noqulay his qilmoqda”, degan fikrga keldilar.
Bugungi kunda “hayvonlar şohi” bölmiş yölbarslar Eron şimoli, Afğoniston şimoliy mintaqalari va Hindiston yarim orolining şimolida, Nepal, Birma, Tailand, Yava yarim oroli, Bali orolida, şuningdek, şimoliy-şarqiy va janubiy Xitoyda hamda Koreya yarim orolining şimolida istiqomat qilmoqda.






