Rossiyalik taniqli yozuvçi va şoir, Sovet adabiyoti namoyondasi Fozil Iskandar 88  yoşida olamdan ötdi. Bu haqda "Rossiya 24" telekanalida xabar qilindi.

Fozil Iskandar 1929 yilning 6 martida Suxumida tuğilgan, 1954 yili Moskvadagi Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tamomlagandi.

Uning ilk kitobi "Toğ söqmoqlari" Suxumida 1957 yili çop etilgandi. Ötgan asrning 50-yillari oxirida "Yoşlik" jurnalida ilk asarlari naşr etilgaç, u ilk marta maşhurlikka erişgandi.

Fozil Iskandar "Inson va uning atrofidagilar", ("Çelovek i yego okrestnosti"), "Heraklning 13-çi jasorati", ("Trinadtsatyy podvig Gerakla"), "Sofiçka", ("Sofiçka"), "Şoir", ("Poet"), "Quyonlar va böğma ilonlar", ("Kroliki i udavy"), "Ibtido", ("Naçalo") va "Çegemlik Sandro", ("Sandro iz Çegema") kabi asarlar qoldirdi.