Turli yuqori texnologiyalarning rivojlanişi, ular bilan boğliq boşqa sohalarga ham özining ijobiy ta'sirini körsatmay qolmayapti. Aqlli telefon, aqlli soat, aqlli...Mazkur yuksak texnologiyalarning avtomobilsozlik sanoatiga kirib kelişi esa, avtomobil işlab çiqariş sohasi mahsulotlarini yanada hayratlanarli, jozibador, qulay va ixçam qilib, mijozlar e'tiboriga havola qiliş imkonini bermoqda. 

Yuksak texnologiyali avtomobil iborasi turmuş tarzimizga tobora singib borayapti. Quyida e'tiboringizga, yaqin kelajakda insoniyatning oğirini yengil qiliş uçun işlab çiqariladigan, fayzli va yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan avtomobillar önligini havola etamiz. 

1. Rolls-Royce Vision 100 kontsepti göyoki dunyomizga «Taxt» filmidan tuşgandek tasavvur uyğotsa ajabmas. Töliq öziyurar loyihada işlab çiqiladigan avtomobilda, tabiiyki haydovçi örindiği va rul ğildiragi bölmaydi. Buning örniga orqa örindiqlar joyiga şohona ipak matoli ikki kişilik divan örnatiladi. Uning qarşisiga keng OLED televizor osiladi. 

2. BMW Vision Next 100 modeli ham Rolls-Royce kontseptiga mos keladi, biroq, undan farqli ölaroq, haydovçiga maşinani boşqarişda tanlov qoldiradi: u xohlasa özi boşqaradi, xohlasa mustaqil boşqaruv tizimiga ötkazadi. Unga örnatilgan navigatsiya tizimi yönalişni tanlagaç, qöşimça ma'lumotni boş oynada aks ettiradi. 

3. Bunisi endi ayni öşa nemis kompaniyasining Mini Vision Next 100 rusumli avtomobili. BMW konserni fikriça, bu maşina boşqaruvni baham köriş madaniyati, ya'ni bir maşinadan birgalikda foydalanişga mos keladi. Mini Vision Next 100 salon şifti va yoritiş tizimlari tusini özgartiriş mumkin. 

4. Mercedes kompaniyasi esa, aerodinamik körsatkiçlarni yaxşilaş imkonini beruvçi kuzov şakli özgaradigan kontsept-kar işlab çiqara oldi. Maşina, soatiga 80 km tezlikka erişganida korpusining şakli özgaradi va harakat samaradorligini oşiradi. U, şuningdek, simsiz aloqa tizimiga ega. Bu boşqa maşinalar bilan özaro aloqa örnatiş bilan ularni oldindagi xavf-xatardan ogoh etiş imkonini beradi.