"Mançester Yunayted" örtoqlik uçraşuvida "Galatasaray"ni tor-mor etdi. Uçraşuv 5:2 hisobida mankunianliklar hisobiga yakunlandi.
Uçraşuvning 4-daqiqasidayoq "MYu"ning yangi öyinçisi, hujumçi Zlatan Ibrohimoviç hisobni oçdi. Bu gol Ibraning yangi jamoasidagi ilk goli böldi.
1-bölim örtalarida Sinan Gyumyus javob töpini kiritdi, 40-daqiqada Bruma turk klubini hisobda oldinga olib çiqdi.
55- va 59-daqiqalarda Ueyn Runi dubl rasmiylaştirdi. 62-daqiqada Maruan Fellayni va 75-daqiqada Xuan Mata öz hisoblariga bittadan töp yozib qöydilar.
Örtoqlik uçraşuvi
Mançester Yunayted (Angliya) – Galatasaray (Turkiya) – 5:2
Gollar: Ibrohimoviç, 4 (1:0); Gyumyus, 22 (1:1); Bruma, 40 (1:2); Runi, 55 (2:2); Runi, 59 (3:2, pen); Fellayni, 62 (4:2); Mata, 75 (5:2).
Manba: Tribuna.uz







