Xitoy yangi avlod kommunikatsiya tarmoğining ilk qismi bölişi mumkin bölgan sun'iy yöldoşni uçirişni rejalaştirmoqda. 600 kglik QUESS qurilmasini şu yilning avgust oyida fazoga uçiriş belgilangan. Olimlar uning vositasida fazoda kvantli tajriba ötkazmoqçilar. Bu esa, kelajakda «kvantli fazoviy internet»ning paydo bölişiga asos bölişi mumkin. 

Gap şundaki, QUESS fazo qurilmasi bortiga örnatilgan maxsus kristall toş, «murakkab» fotonlarni işlab çiqaradi va ularni Xitoy va Avstriyada joylaşgan qabul qiluvçi qurilmalarga yuboradi. Yerdagi ilmiy jamoalar, öz navbatida, ular 1200 km masofaga bölingan holatda ham özaro boğlanib qoladimi-yöqmi, degan savolga oydinlik kiritişadi. 

Kvantli murakkablik uslubi kriptologiyada haqiqiy inqilob yasaşi mumkinligi aytilmoqda. Ya'ni, bir fotonga körsatilgan ta'sir boşqasining holatini özgartiradi, bu öz navbatida şifrlaş kalitlarini barpo etişga imkon beradi.