Yaponiyaning sobiq mudofaa vaziri Yuriko Koike 31 iyulda Yaponiya poytaxti meri lavozimiga ötgan saylovlarda işonçli ğalabaga erişib, Tokioning birinçi ayol meri böldi.
NHK telekanalining saylov komissiyasiga iqtibos keltirgan holda bergan ma'lumotlariga köra, joriy yilda saylovlarda qatnaşiş 59,73 foizni taşkil qilgan, 2014 yilda bu körsatkiç 13,59 foizga kamroq bölgan. Saylov natijalariga köra, Koike 2 mln 912 ming ovoz töplagan.
Koike natijalar e'lon qilingandan keyingi birinçi rasmiy nutqida Tokio hukumatini isloh qiliş hamda keksalar va bolalarni kunduzgi parvarişlaş muassasalari yetişmasligi muammosini hal qiliş istagini bildirgan.
Tokio meri lavozimiga umumiy hisobda 21 nomzod da'vogarlik qildi. Joriy saylov 2011 yildan beri Tokio meri lavozimi uçun ötgan 4-saylov böldi. Oxirgi ikki mer moliyaviy mojarolardan keyin öz lavozimidan ketgandi.
Şaharning oxirgi meri Yoiti Masudzoening iyun örtalarida iste'foga ketişiga unga ajratilgan avtomobildan şubhali foydalanişi haqidagi maqolalar sabab bölgan. Jumladan, Masudzoe avtomobilda dala hovlisiga borgani uçun tanqid qilingan. Söngra uning siyosiy jamğarmalari mablağlaridan "yiğiliş" bandi böyiça oilaviy sayohatlariga pul tölangani oşkor bölgan.







