Amazon onlayn-riteyleri 1 avgustdagi savdo sessiyalari vaqtida Exxon neft-gaz kompaniyasidan ötib ketdi va AQŞ kompaniyalari orasida kapitallaşuv böyiça 4-öringa kötarilib oldi, deb xabar bermoqda Market Watch.

Onlayn-riteylerning aksiyalari 1,3 foizga qimmatlaşdi, buning evaziga uning bozor qiymati 364 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu orada Exxon aksiyalari 2 foizga arzonlaşib, kompaniyaning kapitallaşuvi 361,6 mlrd dollargaça kamayib ketdi.

Ayni vaqtda kapitallaşuv reytingida birinçi 4 ta örinni texnologik kompaniyalar egallamoqda: 
1) Apple (NASDAQ: AAPL) — 565,9 mlrd dollar
2) Alphabet (NASDAQ: GOOG) — 549,6 mlrd dollar
3) Microsoft (NASDAQ: MSFT) — 440 mlrd dollar
4) Amazon (NASDAQ: AMZN) — 364 mlrd dollar 
5) Exxon Mobile (NASDAQ: XOM) — 361,6 mlrd dollar