Yevropa çempionlar ligasining 3-saralaş bosqiçi javob uçraşuvlari doirasidagi 5ta bahs 2 avgustga belgilangan. Bu bosqiç ğoliblari turnirning final qismiga çiqiş uçun pley-off bahsida qatnaşadi.
Bugungi uçraşuvlar turnir saralaşining "Çempionlar yöli" yönalişida ötkaziladi. Bugun "Qoraboğ" - "Viktoriya Plzen" (0:0)(birinçi uçraşuv natijasi - 0:0), "Dinamo Tbilisi" - "Dinamo Zagreb" (0:2), "Dandolk" - BATE (0:1), "Tsrvena Zvezda" - "Ludogorets" (2:2), APOEL - "Rusenborg" (1:2) bahslari ötkaziladi.
3-saralaş bosqiçidagi yana 10ta uçraşuv 3 avgustda bölib ötadi.
5 avgust kuni pley-off bosqiçi uçun qur'a taşlaş marosimi ötkaziladi. Pley-offda 3-bosqiçdan çiqqan 15 jamoaga 5ta jamoa qöşiladi: "Vilyarreal", "Mançester Siti", "Borussiya", "Roma" va "Portu".
Şu tariqa, saralaş öyinlari orqali YeÇLning final bosqiçiga 10ta jamoa yöl oladi.







