Xalqaro Moody’s Investors Service reyting agentligi Özbekiston bank tizimi böyiça “barqaror” prognozini saqlab qoldi. Bu esa, özbek banklari faoliyat yuritişi uçun amaliy şartlar qulayligini körsatadi.
Moody’s agentligining Özbekiston moliya muassasalari kredit qobiliyati özgarişiga oid mazkur prognozi 12-18 oy muddatga amalga qiladi, deyiladi matbuot bayonnomasida.
«Yaxşi diversifikatsiya qilingan eksport daromadlariga ega, taraqqiy etayotgan iqtisodiyot özbek banklarining rivojiga qulay şaroit yaratmoqda, - degan Moody’s agentligining boş vitse-prezidenti Olga Ulyanova, – şu boisdan ham Özbekiston bank sektori, MDHning ayrim davlatlariga xos bölgan turli tebranişlardan qaysidir darajada himoyalangan».
Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) öz navbatida, Özbekistonning 2016-yilgi real YaIM 5 foizni taşkil etişini taxmin qilmoqda. Iqtisodiyotning ösişi asosan, Xitoyga gaz eksport qilinişi, infratuzilmalarni rivojlantiriş borasida içki talabning ortişi va iş haqining oşişi bilan boğliq böladi.
Moody’s agentligiga köra, qulay amaliy muhit sababli, özbek banklarining muammoli kreditlari hissasi barqaror darajani saqlab qoladi va barça berilgan kreditlarning 4-5 foizini taşkil etadi. Bundan taşqari, yaqin 12-18 oy mobaynida, kredit taqdim etişdan körilgan zarar örtaça yillik hisobda 1,5 foizdan oşmaydi.







