Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savçenko Donbassdagi harbiylarni asirlikdan ozod qiliş jarayoni sekinlaşganiga qarşi norozilik belgisi sifatida oçlik e'lon qildi. Bu haqda «112 Ukraina» telekanalida ma'lum qilindi.
"Bugundan e'tiboran men ukrainalik asirlarni ozod qiliş jarayonidagi turğunlik tufayli (...) yana oçlik e'lon qilaman. Bu natijaga erişilguniga qadar davom etadi", degan Savçenko.
Bundan oldinroq u Kiyevga DXR va LXR rahbariyati bilan töğridan-töğri aloqa örnatişni taklif etgandi. Xalq deputati bölmiş Savçenko bu böyiça muzokaralarda şaxsan özi iştirok etişga tayyorligini ma'lum qilgandi.







