Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğlu twitter'dagi sahifasida Yevropa ittifoqining migratsion siyosati haqida yozgan gaplari sabab Avstriya taşqi işlar vaziri Sebastyan Kurts u bilan tortişib qoldi.

Çavuşöğlu agar Yevropa ittifoqi Turkiya fuqarolariga taşkilot hududida vizasiz yuriş imkonini bermaydigan bölsa, qoçoqlar oqimini töxtatiş böyiça şartlaşuv buzilişi mumkin ekani haqida gapirgan.

Bu gapga munosabat bildirar ekan Kurts şunday deydi: «Men Çavuşöğluning ultimatumini qabul qilmayman. Yevropa ittifoqi kimgadir boğliq bölişi kerak emas. U özini-özi himoya qila olişi kerak».
Çavuşöğlu esa bunga javoban «Bu ultimatum emas, şaxsiy fikrim. Buni söz erkinligi deydilar, döstim Sebastyan», deb izoh berdi.

Avvalroq Turkiya hukumati Yevropa ittifoqidan mamlakat fuqarolarini ittifoqqa kiradigan davlatlarda vizasiz yurişini ta'minlaşini, aks holda Yevropaga kiradigan qoçoqlar oqimini töxtatiş böyiça kelişuvni uzib qöyişi mumkin ekanini ta'kidlagandi. Ötgan yili Yevropa ittifoqi va Turkiya qoçoqlarlar oqimini töxtatiş böyiça şartnoma imzolaşgan edi. Unga köra Turkiya taşkilotdan 3 milliard yevroni sanab olişi va evaziga Yevropaga kirib kelayotgan qoçoqlar oqimini töxtatişi kerak edi.