Turkiya hukumati 15 iyul voqealari tufayli milliy razvedkada qayta quriş işlari olib boradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdöğan ma'lum qilgan.

"Bizning razvedkamiz Gulen tarafdorlari tomonidan harbiy davlat töntarişiga tayyorgarlik körilayotganini payqamadi. Razvedkamizda islohot ötkazamiz", degan prezident Anqaradagi iqtisodiy forumdagi çiqişi davomida.

15 iyul oqşomida harbiylar Turkiyada davlat töntarişi amalga oşirişga harakat qilişdi. Isyon bostirildi. Turkiya hukumati ilk soatlardayoq isyon ortida Fathulloh Gulen turganini ma'lum qildi.

Isyon boşlangaç töqnaşuvlar vaqtida tinç aholi orasida 240 kişi halok böldi va 2 mingdan ortiq kişi jarohatlandi.

Isyondan keyin boşlangan yalpi tozalaş işlari doirasida 80 mingdan ortiq harbiy, politsiyaçilar, sudyalar, amaldorlar va öqituvçilar işdan böşatildi. Şuningdek, 15 mingdan ortiq kişi qölga olindi yoki tergovga çaqirildi. Hibs qilinganlarning jami soni 18 ming nafarga yaqinlaşgan.