Jahon | 19:25 / 03.08.2016
5768
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda "Nida" to‘fonidan 450 mingga yaqin kishi jabr ko‘rdi

Foto: REUTERS

Xitoyning janubiy tumanlariga 2 avgustga o‘tar kechasi yopirilgan kuchli "Nida" to‘fonidan umumiy hisobda 450 mingga  yaqin kishi jabr ko‘rdi, deb xabar bermoqda Xitoy fuqarolik ma'muriyati vazirligi.

To‘fon Guandun viloyatidagi Shenchjen sohiliga mahalliy vaqt bilan soat 3.35larda yetib kelgan. Tabiiy ofat o‘zi bilan birga kuchli yomg‘irlar va shamollar olib keldi.

Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, Guandun, Guansi, Xunan, Guychjou va Yunnan viloyatlaridagi tabiiy ofat hududida 495 ming kishi qolgan. Ofat hukumatni 37 ming kishini evakuatsiya qilishga majbur qildi. 2,1 mingdan ortiq kishi shoshilinch gumanitar yordamga ehtiyoj sezmoqda.

To‘fon 300 ta turar joy binosini vayron qildi, 2,4 mingdan ko‘proq bino turli shikastlar oldi. Zarar ko‘rgan qishloq xo‘jaligi yerlari 19,6 ming gektarni tashkil qildi. To‘fondan ko‘rilgan iqtisodiy zarar 510 mln yuanga (76,9 mln dollarga) baholanmoqda.