Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida taqdim etilgan xabarnomalarning amal qilish muddati doirasida foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar qabul qilish 27 iyul kuni soat 15:00 da boshlanadi.
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olishda ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi talab etiladi.
Bunda ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turarjoy mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, o‘rtacha oylik daromadi miqdori belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi lozim.
Subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish, myGov mobil ilovasi yoki my.gov.uz portalida ariza topshirish mumkin.















