Toşkent–Samarqand pulli yölini Xitoy temiryöllari korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi China Overseas Engineering Group (COVEC) kompaniyasi quradi.
Kompaniya prezidenti Van Kun 22 iyul kuni yangi magistral qurilişiga bağişlangan marosimda iştirok etdi.
“Jahon miqyosida boy tajribaga ega xalqaro infratuzilma pudratçisi sifatida kompaniyamiz uşbu megaloyihani eng yuqori standartlar va yuksak sifat asosida amalga oşirişga qat’iy bel boğlagan. Biz şartnoma majburiyatlarini töliq mas’uliyat bilan bajariş, mehnat xavfsizligi, quriliş sifati va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça eng qat’iy talab va standartlarga rioya etiş, ilğor texnologiyalar hamda yaşil quriliş konsepsiyalarini keng qöllaşni maqsad qilganmiz”, – degan Van Kun “Özbekiston 24” telekanali efirida.

Transport vaziri Ilhom Mahkamovning sözlariga köra, COVEC'ning vazifasi – yangi magistralni qurib foydalanişga topşiriş. Trassani pulli yölga aylantiriş esa keyingi bosqiçda amalga oşiriladi.
“Asosiy quruvçi – Xitoy kompaniyasi. Uning vazifasi qurib, topşiriş. Lekin loyihamiz ikki bosqiçdan iborat, ikkinçi bosqiçi – tayyor qurilgan yölga hamkor topib, uni pulli yölga aylantirişdan iborat”, – degan vazir.

Avtomobil yöllari qömitasi bölim boşliği Şerzod Boltayevning aytişiça, 282 kilometrlik Toşkent–Samarqand yangi trassasi intellektual transport tizimi bilan qamrab olinadi: YTH röy berganda ogohlantiruvçi tablolar orqali harakat xavfsizligi uzluksiz ta’minlanadi.
“Har 50 kilometrda, jami 12 tadan ortiq avtobanlar loyihalaştiriş rejalaştirilgan. Loyihani amalga oşirişda mahalliy kontent uluşi 50 foizdan kam bölmaydi: mahalliy quriliş materiallaridan foydalaniladi, ayniqsa tsement-beton, inert materiallari töliq Özbekistondan işlab çiqariladi”, – deydi Boltayev.












