Husiyçilar Qizil dengizda Encelia va Layla nomli tankerlariga raketa va dronlar bilan zarba berganini ma’lum qilgan. Guruhning harbiy vakili Yahyo Sari hujumni dengiz blokadasini buzişga javob deb atadi va harbiy-dengiz operatsiyalari davom ettirilişiga va’da berdi.
Saudiyadagi SPA davlat axborot agentligi rasmiy manbaga tayanib, Encelia tankeri zarbaga uçragani, buning natijasida uning burun qismida yonğin çiqqanini xabar qilgan.
Buyuk Britaniya dengiz savdo operatsiyalari boşqarmasi (UKMTO) ma’lum qilişiça, Saudiya Arabistonining Al-Şukayka şahridan taxminan 130 km uzoqlikda turgan tankerga Grinviç vaqti bilan soat 20:00 da snaryad kelib tuşgan. Yonğin çiqqan, qurbonlar yöq, deyiladi xabarda.
Britaniyaning Vanguard dengiz xatarlarini boşqariş guruhi ham Saudiya Arabistonining Encelia tankeriga snaryad tekkanini ma’lum qildi. Layla tankeriga ham hujum qilingan haqidagi xabarlar hozirça tasdiqlanmadi.
Husiyçilarning Saudiya tankerlariga hujumi haqidagi xabarlar ortidan neft narxi 4,2 foizga oşib, bir barrel uçun 98 dollarga yetgan. Bu iyun oyi boşidan buyon kuzatilgan eng yuqori narx hisoblanadi. Oy boşidan buyon esa neft narxi 30 foiz atrofida oşgan.
Bu Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan guruh Saudiya Arabistoniga qarşi «dengiz embargosi» e’lon qilganidan keyingi birinçi hujum böldi.
Duşanba kuni Eron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi husiyçilar qurolli kuçlari Saudiya Arabistoni kemalariga qarşi blokada e’lon qilgandi. Ayrim tahlilçilar fikriça, blokada Tehronning AQŞga ta’sir ötkaziş uçun taktik qadami bölgan, deb yozadi Reuters. Eron iyul oyida Vaşingtonni sulh memorandumini buzişda ayblab, Hörmuz böğozi blokadasini tikladi.
Çorşanba kuni beşta tanker Bab al-Mandab böğozidan ötmaslik uçun Qizil dengizdagi yönalişlarini özgartirdi. Husiyçilar böğoz yaqinidagi hududlarni nazorat qilmoqda. Seşanba kuni Saudiya Arabistoni nefti ortilgan hamda Xitoy va Hindistonga ketayotgan uçta tanker ortga qaytdi.
Pentagon vakili ta’kidlaşiça, bir neça oy davomida uruşda deyarli iştirok etmagan husiyçilar hujumga ötişi Eronga borib taqalişi mumkin, deb yozadi Axios.
Naşr manbasiga köra, Eron husiyçilardan Fors körfaziga qöşimça ravişda Qizil dengizda yangi front oçiş va neft taşişning yana bir muhim xalqaro yönalişiga bosim ötkaziş uçun foydalanmoqçi.














