Turkiya prezidenti Rajab Erdöğanning öğli Bilol Erdöğan Italiyada sud qilinmoqda. Italiya hukumati uni pullarni yuvişda (yaşiriş) ayblamoqda. Ularning fikriça, Bilol noqonuniy yöl bilan topilgan pullarni «yuviş» uçun Italiyaga kelgan.

Kiçik Erdöğanning advokati Massimiliyano Anettaning ta'kidlaşiça, prokuror işni olib borayotgan sudyaga tekşiruv muddatini çözişni sörab murojaat qilgan va rozilik olgan. Uning sözlariga qaraganda, Italiyada Erdöğanni aniq nima masalada sud qilişayotgani aniq emas. U Turkiya prezidentining öğlini çegarani bosib ötganlikda ayblaşayotganini taxmin qilgan.

Erdöğanning öğli AQŞdagi Jon Hopkins xususiy universitetining Italiyadagi bölimiga dissertatsiyasi ustida işlaş uçun borgani aytilmoqda.

Italiyaning Rai 24 telekanali bu borada Turkiya rahbarining özidan fikr söradi.

«Mening öğlim pullarni yuvişda ayblanmoqda, lekin qanday asos bilan heç kim bilmaydi. Sizning mafiyalar esa pulni yaşirişi aniq»,- deya javob qaytargan Erdöğan.