Şimoliy Koreya 2 avgust kuni yana bir bor ballistik raketa uçirdi. «Yonxap» agentligi xabar berişiça, bu raketa Yapon dengizi yönalişida uçirilgan.
Janubiy Koreyaning Ştab boşliqlarining birlaşgan qömitasi vakili ma'lumotiga köra, raketani uçiriş marosimi Xvanxe-Namdo provinsiyasi hududida mahalliy vaqt bilan soat 07:50da (Toşkent vaqti bilan soat 3:50) ötkazilgan.
19 iyul kuni KXDR uçta ballistik raketa uçirgandi. Parvozlar Xvanxe-Pukto amalga oşirilgan. Öşanda Scud turidagi raketalar uçirilgan, ular Yapon dengizi tomonga 500—600 kilometrgaça uçib borgan.
Undan oldinroq, 9 iyul kuni KXDR Yapon dengizi akvatoriyasida Koreya yarim orolidan şarqda turgan suv osti kemasidan ballistik raketa uçirgan edi.
Koreya Respublikasi Milliy mudofaa vazirligi ma'lumotiga köra, bugungaça, 2011 yildan buyon, ya'ni Kim Çen In hukumat boşqaruviga kelgandan söng KXDR 32ta ballistik raketa uçirdi.
Janubiy koreyalik harbiylarning hisob-kitobiga köra, bu raketa uçirişlar uçun KXDR byudjyetidan taxminan 97 million dollar sarflangan.
Şimolliklarning raketa uçirişlari faqatgina qöşni davlatlarni taşvişga solmasdan, xalqaro miqyosda muhokamalarga sabab bölib keladi. Qolaversa, yil boşida KXDR vodorod bombasi sinovini muvaffaqiyat bilan amalga oşirgani haqida ma'lum qilgandi.
Şimolliklarning harakatlariga javoban BMT Xavfsizlik Kengaşi sanksiyalarni kuçaytirgan.







