Ildizlari moziydan suv içadigan xalqimning ajib qadriyatlari bor. Bayram va hayit kunlari mehrga muhtoj kişilar holidan xabar oliş kabi urf-odatlar ham ota-bobolarimizdan meros.  

Ötgan  Ramazon hayiti kuni tumanimiz boş imom xatibi Muhammadyusuf domla bilan yoşi uluğ kişilar va nogironlar holidan xabar oliş, ularni ayyom bilan qutlaş uçun qişloq aylandik. Öşa kuni meni ham ana şunday savobli yumuşga hissa qöşganimdan könglim toğdek kötarilganini esa söz bilan ifoda etiş muşkul edi. Asli, turli xonadonlarda bölib, yoşi uluğ va bemorlar duosini olişdan yaxşi amal bölmasa kerak. Harakat a'zolari işlamay qolgan nogiron farzand tarbiyalanayotgan - Orifjonovlar oilasidagi  Dostonbek bilan bölgan suhbat esa yodimda qoldi. 

Xonadonga kirib borganimizda, taqdir taqozosi bilan ön yildan beri yura olmay qolgan Dostonbekni hayotdan xafa holda uçratsam kerak, deb öylagandim. Öspirin bolaning nigohlari ötkir, közi quvonçdan yaşnab turardi. 

– Yaratganga şukur, nolişga örin yöq, deydi onasi. – Özimga va bolamga tayinlangan nafaqalarni vaqtida olib turibmiz. Keça, Dostonimni maşinaga ötqazib, Boğişamolga, istirohat boğiga olib bordim. Andijonni gözal joylarini körib rosa quvnadi. Bugun kayfiyatini zörligiga sabab, keça uni Ronaldusi yutdi, şunga juda xursand. Futbolni qoldirmay köradi, öğlim. Jamoasi yutgan kuni uyimizda bayramdek gap.

Yoş Dostonbek dunyodagi deyarli barça çempionatlar, unda töp suradigan jamoalar va öyinçilarni yod bilar ekan. Yevro – 2016 öyinlarini qoldirmay körayotganini yana har bir öyin tafsilotlarini zavq bilan gapirayotgan bolakay şu paytda heç nogironga öhşamas edi. Oilasidagilar unga mö'jazgina batareykaga ham işlaydigan televizor olib berişibdi. Yonida futbol yulduzlari suratlari jamlangan fotoalbom. Ehhe... Unda Ronalduni suratlari bisyor, Messi, Bekhem, Zidan deyarli barça taniqli futbolçilar unga har kuni hamxona ekan. 
Unga muxlislar orasidagi an'anaviy savolni beraman: 

- Ronaldu kuçlimi yoki Messi? 

– Bilmadim, menimça ikkalasi ham zör, menga çiroyli futbol yoqadi, - deydi u. 

Bor gap Dostonbek! Aslida, futbol kuçli. Bölmasa, uni millionlab odam alqamagan bölardi. 

Bolakay mendan jon-dili bilan kutadigan termamiz öyinlari jadvalini, Ronaldu iştirokidagi öyinlar videotasvirlarini keltirib berişimni söradi. Va'dani quyuq qildim. Hozir barçasini yiğib yuribman. U bilan –  sen bilan hali köp suhbatlaşamiz, deya xayrlaşdim.