Bugun Angliyaning «Mançester Siti» klubi «Şalke»dan Leroy Saneni sotib olganini rasman tasdiqladi. Germaniyalik futbolçining transferi «Siti»ga 37 million funtga tuşdi.

«Mançester Yunayted» esa armanistonlik yarim himoyaçi Genrix Mxitaryanni «Borussiya»dan 26 million funtga sotib oldi. Har ikki futbolçi ham Germaniya çempionatidan Angliyaga köçib ötişdi.

Sane ötgan mavsumda Germaniya çempionatida 8 ta gol urib, 6 marta golli pasni amalga oşirgan. Mxitaryan esa 11 marta gol urib, 15 marta golga assistentlik qilgan. Genrix Sanedan arzonroq, lekin zörroq...