Özbekiston delegatsiyasi Rio-de-Janeyro şahriga yetib kelib, joylaşganidan söng Olimpiya şaharçasida mamlakat bayroğini yuqoriga kötarişga bağişlangan marosim bölib ötdi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qömitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Haqiqiy bayramona ruhda taşkil etilgan marosimda Olimpiya şaharçasi meri, basketbol böyiça Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon çempioni unvoniga sazovor bölgan Janet dus Santuş Arkain sözga çiqib, Özbekiston delegatsiyasini XXXI yozgi Olimpiya öyinlariga taşrifi bilan muborakbod etgan va barça özbekistonlik sportçilarga bölajak musobaqalarda omad va zafarlar tilagan.
«Davlatimiz bayroği kötarilişiga bağişlangan tadbir hayotimdagi eng yorqin damlardan biri sifatida muhrlanadi. Qalbimni kuçli hayajon çulğab oldi. Bilasizmi, öşa damdagi holatni hozir ikki oğiz söz bilan ta'riflab bera olmayman. Közlarimda quvonç yoşlari paydo böldi. Işonç bilan aytamanki, XXXI yozgi Olimpiya öyinlarida munosib iştirok etib, xalqimiz, prezidentimiz işonçlarini oqlaş uçun bor mahoratimizni işga solamiz», — dedi taekvondo böyiça amaldagi jahon çempioni Dmitriy Şokin.
«Qalbimizda ozod va obod yurtimizga bölgan hurmat va ehtiromni, faxr va iftixor tuyğularini yanada jöş urdirdi. Biz tört yillikning eng yirik sport bayramida ham Özbekiston yoşlari heç kimdan kam emasligi va heç qaçon kam bölmasligini namoyon etişga astoydil bel boğlaganmiz. Niyatimiz Rio—2016 öyinlarida ham vatanimiz şarafini munosib himoya qilib, jonajon diyorimizga yoruğ yuz bilan qaytiş», — deydi yunon-rim kuraşi böyiça terma jamoa a'zosi Elmurad Tasmuradov.
Bayram tadbirida Rio—2016 Olimpiadasida Özbekiston şarafini himoya qiluvçi sportçilar iştirok etdi. Endi Özbekiston bayroği yirik sport festivalida öz sportçilari bilan iştirok etadigan mamlakatlar bayroği qatorida olimpiya öyinlari yakuniga qadar hilpirab turadi.










