Samsung Unpacked 2016 maxsus tadbiridagi taqdimotda Samsung kompaniyasi vakillari köz pardasi skaneriga ega yangi Galaxy Note 7 smartfonini taqdim qildilar. Taqdimot YouTube’da jonli efirda uzatildi

Umuman olganda, smartfon dizayni Galaxy Note’ning oxirgi avlodi kabi Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlarini eslatib yuboradi. Smartfon suv va çangdan himoyalangan, 2560x1440 pikselli, çetlari qayrilgan 5,7 dyuymli ekranga ega, içidagi qismlari S7 Edge’ga töliq mos keladi. Galaxy Note 7 ikki modifikatsiyada – Qualcomm Snapdragon 821 yoki Samsung Exynos 8893 protsessori bilan işlab çiqariladi. 

 Smartfonning içki xotirasi 64 Gbdan boşlanadi, tezkor xotirasi 4 Gb ni, asosiy kameri 12 Mp ni, old kamera 5 Mp ni, akkumulyator siğimi 3500 mA•soatni taşkil qiladi.

Galaxy Note 7 smartfonlari Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimi bilan birga çiqariladi, biroq kompaniyada operatsion tizimni 7.0 Nougat versiyasigaça yangilaş mumkinligi aytildi.

Smartfon suvda işlay oladigan hamda 4096 ta bosiş darajasini qöllab-quvvatlaydigan S Pen stilusi bilan birga işlaydi: qurilmaning yangi versiyasida uning uçi qalinligi kiçraytirildi, bu ekranda aniqroq körsatiş va yengilroq çizişga imkon beradi. Samsung vakillarining aytişiça, kompaniya ba'zi kompaniyalardan farqli ölaroq, stilusni alohida sotib oliş va alohida quvvatlaşga majbur qilmaydi. Gap Apple‘ning iPad Pro uçun iPencil stilusi haqida ketmoqda, u alohida sotiladi va quvvatlanib turilişi kerak.

Köz pardasi skaneri smartfonga örnatiladigan virtual reallik şlemi Gear VR bilan birgalikda işlatiliş uçun möljallangan. Foydalanuvçi şlemni kiya turib, uni şunday joylaştiradiki, skaner köz töğrisida joylaşadi va köz pardasining skanerlanişi avtorizatsiya vaqtida xavfsizlikni oşiriş uçun xizmat qiladi.

Köz pardasi skaneri yordamida smartfon, ba'zi dasturlar va maxsus papkadagi kontentni blokdan çiqariş mumkin.

Galaxy Note 7’ning narxi hozirça noma'lum. Smartfon AQŞda 16 avgustdan sotuvga çiqariladi, buyurtmalar esa 3 avgustdan olina boşlanadi. Rossiyada smartfon 26 avgustdan savdoda paydo böladi.