Tesla kompaniyasi modellar qatori miniven bilan töldiriladi. Nomi noma'lum bölgan yangi maşina Model X elektr krossoveri negizida quriladi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask kompaniya tvitterida ma'lum qildi.  

Bundan taşqari, Mask bu xabarga izohlarda yana bitta yangi model – Model Y’ning paydo bölişini tasdiqladi. 2015 yil oktabrda Mask bunday nomdagi maşina çiqarilişi haqida yozgandi. Öşanda bu yozuv çop etilgandan keyin öçirib taşlangandi.

Öşanda Model Y kompaniyaning ikkinçi krossoveri bölişi ma'lum qilingandi. Taxminça, yangi model Model X kabi "loçin qanoti" körinişidagi orqa eşiklar bilan jihozlanadi.