Harakatning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar va tuman (şahar) Konferentsiyalari 2,5 yilda kamida bir marta çaqiriladigan Harakatning mahalliy va hududiy bölimlari oliy organi hisoblanadi.
Konferentsiyada delegatlar Kengaşning ötgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisobotini tinglab, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab oladi.
Şuningdek, Kengaş a'zolari, nazorat-taftiş komissiyasi tarkibini, Kengaş raisi va uning örinbosarlarini saylaydi.

“Kamolot” YIH Toşkent viloyat Kengaşi tasarrufida 14 ta tuman, 4 ta şahar Kengaşi mavjud bölib, ularda 1269 ta boşlanğiç taşkilotlar faoliyat yuritmoqda. Harakat a'zolari soni 352209 nafarni, “Kamalak” bolalar taşkiloti a'zolari 168214 nafarni taşkil etadi.
Joriy yilning 3-avgust kuni “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Toşkent viloyat Kengaşining VII Konferentsiyasi bölib ötdi.

Viloyat Konferentsiyasida Harakat tomonidan amalga oşirilgan işlar tahlil qilinib, yoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişda boşlanğiç taşkilotlarning mas'uliyati va ta'sirini oşiriş, “ommaviy madaniyat” va axborot xurujlariga qarşi kuraşişda yoşlarda mafkuraviy immunitetni şakllantiriş, ta'lim sifatini ta'minlaşda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, yoşlarni, ayniqsa, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvçilarini kasbga yönaltiriş va iş bilan ta'minlaş, tadbirkorlikka jalb qiliş, yoşlar örtasida erta turmuş qurişni oldini oliş, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining profilaktikasini samarali taşkil etişda kömaklaşiş kabi masalalarga atrofliça töxtalib ötildi.
Yoşlarning ijtimoiy–siyosiy faolligini oşiriş borasida “Hokim va yoşlar”, “Sud, huquq va yoşlar”, “Deputat va yoşlar”, “Siz qonunni bilasizmi?”, “Tafakkur sinovlari” körik-tanlovlari, “Yoş qutqaruvçi” musobaqasi, “Istiqlol–bergan imkoniyatlar”, “Mustaqillik inşootlari yoşlar nigohida”, “Yoşlar siyosati: mazmun va mohiyat”, “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” loyihalari, Içki işlar idoralarida profilaktik hisobda turuvçi voyaga yetmaganlar uçun tarbiya va sport-soğlomlaştiriş oromgohi taşkil etildi.












