AQŞ prezidentligi uçun saylovda  Respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan milliarder Donald Tramp mamlakatning amaldagi prezidenti Barak Obamaning özi haqidagi salbiy fikriga keskin javob qaytardi. U  Obamani mamlakatning butun tarixidagi eng yomon prezident sifatida baholagan.

«Prezident Obama tarixga kiradi, Qöşma ştatlarning eng yomon prezidenti sifatida!» — deya yozgan Tramp özining Twitter ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Şuningdek, Trampning saytida amerikaliklar yetakçisi keskin tanqid qilingan.

"Prezident Obama — omadsiz yetakçi, u Davlat kotibi Klinton bilan birga şunday taşqi siyosat yuritdiki, dunyoda beqarorlik yuzaga keldi. U ham, uning izdoşi Hillari Klinton ham prezident bölişga şunçaki nomunosib", — deya qayd etgan milliarder.

U Obama va Klintonni Yaqin Şarqdagi vaziyatni izdan çiqarib, Iroq, Liviya va Suriyani IŞID qöliga topşirişda,  Bengazida diplomatlarning ölimiga yöl qöyişda ayblagan.

"Bundan taşqari ular Eronning yadroviy dasturini rivojlantirişiga yöl qöyib berişdi. Keyin ular önlab uruş faxriylarining tibbiy yordam kuta-kuta ölib ketişiga yöl qöyişdi", — deya qöşimça qilgan Tramp.

AQŞ prezidenti Barak Obama bundan oldinroq öz çiqişida Trampning mamlakatni boşqarişga qodir emasligini aytgandi.

Prezident Trampning amerikalik musulmonlarga munosabatini eslatgan va taşqi siyosat, xususan, Yevropa, Yaqin Şarq hamda Osiyo masalasida tuşunçaga ega emasligini ta'kidlagan.

Obama Respublikaçilar partiyasi vakillariga yuzlanib, ularni Trampni qöllab-quvvatlagani uçun tanqid qilgandi.

"Gap siyosiy qarama-qarşilikda emas. Sizlar nomzodni saralay bilmadinglar", degandi u.