Hindiston parlamenti yuqori palatasi 3 avgustda tovarlar va xizmatlar uçun yagona soliq haqidagi qonunni qabul qildi. Bu qonun Hindiston mustaqillikka erişgan vaqtdan beri mamlakatda amalga oşirilgan eng yirik soliq islohoti böladi.
Qonunning qabul qilinişiga 245 deputatdan 197 nafari ovoz bergan.
Hindiston boş vaziri Narendra Modi boşçiligidagi hukumat bir neça sessiya davomida islohotni parlament orqali ötkazişga urindi. Quyi palata qonun loyihasini ötgan yil qabul qilgan, biroq yuqori palatada yetakçi alyansda uni qabul qiliş uçun ovoz yetmagan. Biroq qonun loyihasini yuqori palataga kiritiş oldidan yetakçi alyans muxolifat bilan ziddiyatni hal qilişga muvaffaq böldi.
Yagona soliq markaziy hukumat va ştat hukumatlari tomonidan olinadigan soliq örnini bosişi kerak. Hukumatning baholaşiça, Hindiston iqtisodiyoti qonun qabul qilingan taqdirda 1,5-2 foizga tezroq ösadi.
Endi islohotni ilgari suriş uçun qonunning hududiy qonunçilik yiğilişlarining yarmi tomonidan ratifikatsiya qilinişi talab etiladi. Bu islohot böyiça komissiya tuzişga imkon beradi. Bundan keyin parlament soliqni qöllaş böyiça ikkita – umummilliy va hududlararo qonun qabul qiladi.







