Braziliyaning «Palmeyras» jamoasi hujumçisi Gabriel Jyezus «Mançester Siti» futbolçisiga aylandi.

«Şaharliklar» jamoasi uşbu futbolçi uçun 27 mln funt tölagan.

Futbolçi Braziliya çempionatining joriy mavsumi yakunlangaç, qişda, 2017 yilning yanvarida inglizlar jamoasi safiga kelib qöşiladi.

19 yoşli futbolçi ötgan mavsumda «Palmeyras» tarkibida 14 öyinda 10ta gol urişga muvaffaq bölgan. Hujumçi Braziliya Olimpiya terma jamoasi safida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada öyinlarida iştirok etadi.

Futbolçi uçun «MYu» va «Barselona» jamoalari ham jiddiy kuraş olib borgandi.

Şu tariqa, mançesterliklar jamoasi yozgi transferlardagi törtinçi jiddiy xaridni amalga oşirdi. Bungaça "Selta"dan Nolito (13,8 mln funt), "Borussiya"dan Gundöğan (21 mln funt) va "Şalke"dan Leroy Sane (37 mln funt) sotib olingandi.

Braziliyalik yoş futbolçi uçun Yevropaning grand jamoalari orasida kuraş ketmoqda