«Çelsi» boş murabbiyi Joze Mourinoni Special One deb ataşadi. Nima uçun ekani esa köpçilikka ma'lum emas.
Joze 2004 yilda «Portu»dan «Çelsi»ga ötgan edi. Mourinoni inglizlar nazariga ilmay kutib olişgandi va bu murabbiyga yoqmagani uning birinçi sözlaridan bilingan.
«Menga bölgan munosabatdan hayron qoldim. Tuşunaman, ular futbolni yaxşi körişadi, lekin men ham. Men Yevropa çempionlar ligasida ğalaba qozonganman. Oddiy murabbiy emasman, men boşqçaman (I am a special one)»,- degandi Mourino.







