Semiz odamga kiyim tikiş qiyin iş. Bir yonini yopsang, boşqa tomoni börtib çiqadi, yelkasini uzun qilsang, beli oçilib qoladi. «Barselona»ning transfer siyosati ham mana şu semiz odamga öxşaydi. Har yili katta pullar sarflab, nomdor futbolçilarni olib kelişadi da, nimadir qolib ketadi. Doim yo yelka, yo bel oçiq...
Bu yil jamoa öziga xos, noodatiy transfer kampaniyasiga qöl urdi. Muxlislar nihoyat jamoaga yaxşi himoyaçilar kelganidan quvonişdi.
Samyuel Umtiti. Yevropa çempionati kaşfiyoti bölgan himoyaçi şubhasiz jamoani kuçaytiradi. Tan oliş kerak, Puyol ketganidan keyin «Barselona» markaziy himoyaçidan yolçimayotgan edi. Pike-çi demang, uning qanday «ajoyib» himoyaçi ekanini köp körganmiz. Umtiti yozgi transferning eng asosiy xaridi desak, bölaveradi.

Lyuk Din. «PSJ»dan kelgan bu himoyaçi 2013 yilgi yoşlar örtasidagi jahon çempionatida Pogba boşçiligidagi fransuzlar Özbekiston terma jamoasini mağlub etganida öşa tarkibda bor edi. U çap qanot himoyaçisi. «Barselona»da bu qanotni Alba öziniki qilib olgan. Şunday ekan, Din katta ehtimol bilan, zaxiradan asosiy tarkibga qöşiliş uçun harakat qiladi.

Denis Suares. Yarim himoyaçi, töğriroği, tayanç yarim himoyaçisi. «Barselona»da tayanç yarim himoyaçisidan ham köpi bormi hozir? Şunday bölişiga qaramay, jamoa yana bir markaz futbolçisini sotib oldi. Uning asosiy tarkibdan örin olişi qiyin masala.

Andre Gomeş. «Barselona»ning eng qimmat xaridi. Jamoa Portugaliya terma jamoasi futbolçisi uçun 70 million yevro töladi. Yana bir tayanç himoyaçisi. Lekin asosiy tarkibga kiriş imkoni katta.

Endi çoyni höplab, asosiy tarkibni çamalasak nima deysiz? Xöş, futbolda 11 kişi öynaydi. «Barselona»da uç hujumçi öynaşi aniq, bitta darvozabon ham. Darvozada Bravo turadi.
Himoya. Ispaniyada uç himoyaçi bilan öynaş urf emas, şu sabab tört himoyaçi tanlaş kerak. Markazda Pike va Umtiti öynaşi haqiqatga yaqin. Çap qanotda Hordi Alba. Öng qanotga kelganda, tilga tuşov tuşadi. Dani Alves ketdi, öng qanotni eplab turgan Martin Montoyya ham ketdi. Beylning fantastik yurişini öng qanotdan ötkazib yuborgan Bartra ham ketdi. Adriano ham ketdi. Kim qoldi? Hozirça öng qanotda heç kim yöq. Balki Din şu sabab olingandir, lekin çap qanotda öynab yurgan yigit öngda… Bilmadim.








