Negadir Bekhemga havasim kelib ketdi. Aqlli bola - maydondagi yillab töplagan obröini maydon çetida öyinni kuzatibgina bir lahzada tökib yubormaslik çorasini topa oldi. Agar şu masalada xotinining gapiga kirgan bölsa ham, tanqid qilmayman. Undan köra, xotinlar nima deyişyapti - şundan gapiring, şundan!!!

Zayniddin Zidan kostyum-şim kiyib, murabbiylar örindiğida ötirişini, vaqti kelganda, sapçib turib futbolçilarga körsatmalar berişini haligaça hazm qila olmayotgan paytim Ukrainadan ham quloqqa yoqimsiz xabar kelib qoldi: Andrey Şevçenko mamlakat terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlanibdi. Vah!

"Murabbiy böliş uçun odamga aql kerak. Omad deganlari öşa aqlning ortidan ergaşadi, xolos!" Mourino bu sözlarni birov bilan tortişib turib aytmagan. Öz sohasi haqida sözlayotgan çoği, aniqroği, judayam xolis payti gapirgan. Demak, qöşsa böladi...

Töğri-da, inson har tomonlama mukammal bölişi mumkin emas. Beş yuztadan bittasi öxşab qolgan bölsa, sohasini almaştirgan odamga ham öşa omadni tirkaş, kamyob sanalgan omad tufayli botqoqdan çiqib ketişiga "yöl oçib berişlik" - vaziyatga töğri qaray olmaslikdan boşqa narsa emas. Aslida, aqlli odam porlagan nuqtasida qolaverişi kerak. Boşqa sohada ham şu nuqtani topib olganlar bordir, ammo topa olmay, sarsonlik içra adaşib-uloqib ketganlar ön, balki yuz barobar köproqligini unutmaslik lozim.

Futbolçilikdan murabbiylik sohasiga ötadiganlar oldida hamişa ikki xil tanlov turadi: "Eski obröing bilan qol va muxlislar ongida ZÖRligingni boy berma! Murabbiy bölmoqçimisan, unda futbolçilikda qozongan mavqeingni yöqotib qöymaydigan darajada salohiyatli böl! Boşqa, örtaroq yölni axtarma, çunki şu ikki yöldan boşqa tuzukroq yölning özi yöq".

Erik Kantonadan, murabbiylik sohasida boş qotirganmisiz, deb söraşganida, fransuz yulduzi zör javob bergan: "Özimga öxşaş yigitlar tuğilib qolsa, öylab körarman..." Ha, bu javob içida garçi öziga nisbatan katta baho berilgan bölsa-da, bir jihat e'tibori bilan töğri bölib qolaveradi - murabbiylik sohasida çöqqiga çiqa olmagan odam faqat özidaqa telba futbolçilar çiqişini kutadi-da, boşqa nima ham qilsin?!

Oçiği, Ukraina futboliga oid xabarni öqidimu, futbolçi Şevaga hozirdanoq açinişga tuşdim. Öşa men bilgan va ardoqlagan Şeva degan futbolçi siymosi Andrey Nikolayeviç degan çalamutaxassisning soyasi ostida qolib ketmaysaydi, degan xavotir örmaladi birdan. Ha, yaqin qoldi, el suygan yigit özi tasavvur qila olmaydigan darajadagi haqoratlar ostida qolişiga yaqin qoldi, deb yubordi nimadir içimda.

Andrey Şevçenko bir paytlari öz ustozi bölgan Valeriy Lobanovskiyning mana bu gaplarini eşitmagan körinadi: "Hayotda murabbiylikdan oğir sohani uçratmadim. Futbolçilikda-ku, hamma narsa özingga boğliq böladi - sen yaxşi öynasangu, jamoa yomon öynagan taqdirda ham, seni tanqid toşlariga kömib taşlamasliklari mumkin, çunki sen öz öyining bilan isbotlab bölgansan zörligingni. Biroq, murabbiy bölganingdan keyin, özing iştirok eta olmagan va maydonda boşqalar tomonidan amalga oşirilgan işlar uçun javob berişni boşlaysan. Ular aybsiz qolib, faqat seni ayblaşlari undan ham açinarli. Murabbiylikning boşidan oxirigaça bölgan yölagini zahmat va ba'zan adolatsizlik egallab olgan, yaxşi futbolçilarga maslahatim - bu sohaga köp ham intilavermanglar, futbolni çetdan kuzatib turiş maydonda töp tepişdan butkul farq qiladi!"